Kontent qismiga oʻtish

Napoleon III

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Napoleon III, Lui Napoleon Bonapart (1808—73) — Fransiya imperatori (1852—70). Napoleon Ining jiyani. N. III Shveysariya, Italiya va boshqa mamlakatlarda quvgʻinlikda hayot kechirgan (1848). 1836 va 1840-yillarda Fransiyada hokimiyatni qoʻlga olishga urinib koʻrgan. 1840-yilda Gam kalʼasiga bir umr qamoqqa hukm qilingan. 1846-yil Buyuk Britaniyaga qochgan. 1848-yil fevral inqilobidan soʻng Fransiyaga qaytib kelgan hamda yirik sarmoyadorlarning diktatorlik rejimiga intilishidan foydalanib, 1848-yil 10-dekabrda respublika prezidenti qilib saylangan. 1851-yil 2-dekabrda inqilobga qarshi davlat toʻntarishi qilib, qonun chiqaruvchi majlisni tarqatib yuborgach, butun hokimiyat prezident qoʻliga oʻtgan. N.III nomi bilan imperator deb eʼlon qilingan (1852-yil 2-dekabr). Fransiya N.Sh hukmronligi davrida Qrim urushida, Avstriya-Italiya-Fransiya urushi (1859) da, Hindixitoy (1858-62), Suriya (1860—61), Meksika (1862—67) va boshqa mamlakatlarga qilingan intervensiyalarda qatnashgan. Fransiya-Prussiya urushi (Sedan jangi)da prusslarga asir tushgan (1870.2.9.) Parijdagi 1870 yil sentyabr inqilobi natijasida taxtdan agdarilgan. Umrining oxirigacha Angliyada yashagan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil